Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Konstitutsiyani oʻrganamiz


Konstitusiyamizning 19-moddasi: (https://lex.uz/docs/6445145#6445364) ”O'zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitusiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug'ilganidan boshlab tegishli bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart”.

Inson tug'ilganidan boshlab tegishli bo'lgan tabiiy va ajralmas huquqlar sirasiga inson hayoti, sha'ni, qadr-qimmati, ozodligi, tengligi, erkin bo'lishi, xavfsizligi, daxlsizligi kiradi va bu huquqlar qonunlarda belgilanganligi yoki belgilanmaganligidan qat'i nazar insonga azaliy tegishlidir, deb e'tirof etiladi.

Barcha fuqarolarning teng huquqliligi ham xalqaro huquqda umume'tirof etilgan huquqlardan hisoblanadi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish, ayrim soha va yo'nalishlarni rivojlantirish uchun turli ko'rinishdagi imtiyozlar berilishi mumkin va bular faqat qonunlar orqali amalga oshiriladi, har qanday imtiyoz ijtimoiy adolat prinsipi doirasida amalga oshiriladi.