Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Yangi nafas” marafoni sportsevarlarni birlashtirdi


30 iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan, bugun erta tongdan mamlakatimizning 16 ta shahrida, shu jumladan, Gulistonda ham “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi.

“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz” shiori ostida o‘tgan musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ikki ming nafarga yaqin ishtirokchilar Guliston shahridagi Sirdaryo pedagogika institutidan Bilimdonlar maskanigacha bo‘lgan 3 kilometrli masofani bosib o'tishdi.

Tadbirda "Biz birgamiz" loyihasi doirasida ko‘rishda va eshitishda nuqsoni bor hamda boshqa turdagi jismonan imkoniyati cheklangan shaxslar ham faol ishtirok etishdi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va sovg‘alar topshirildi.