Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

OAV – jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi


Aholini tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlashda ommaviy axborot vositalari muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar, har bir sohaja amalga oshirilayotgan islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ustuvor g‘oya va tashabbuslar ma’no-mohiyatini tezkorlik va xolislik bilan keng targ‘ib qilishda jurnalistlarning xizmati beqiyos.

Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasida “OAV – jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi” mavzusida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’naviyat soati” 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlandi.

Unda Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi Dilnoz Umurzoqova, “Yangi Sirdaryo” gazetasi muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Xolida Pardaboyeva ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun mustahkam tashkiliy-huquqiy asoslar barpo etilgan. Tadbirda axborot sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan islohotlar haqida fikr-mulohazalar yuritildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati