Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

ADLIYA TABRIGI


Hurmatli jurnalistlar!

Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Shunday sharafli, mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi