Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Korrupsiyaga qarshi kurashamiz


Korrupsiya bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining buzilishi, sog‘lom raqobatning bozordan siqib chiqarilishi, yashirin iqtisodning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga zamin yaratadi.

Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda korrupsiya va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida so‘z yuritildi.Tadbirda Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Xalilov ishtirok etib, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.


Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati