Янгиликлар
26
JURNALISTLARGA EHTIROM KO'RSATILDI
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida matbuot anjumani va tantanali tadbir tashkil etildi.
Dastlab matbuot anjumanida Adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov so‘z va matbuot erkinligi, axborot olish va uni tarqatish huquqini ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ushbu yo‘nalishda mustahkamlangan konstitusiyaviy qoidalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda adliya tizimi faoliyati, huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga 180 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Xususan, davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni (nodavlat notijorat tashkilotlari, banklar va kredit byurolaridan tashqari) davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanadi. Joriy yilda markazlar tomonidan besh mingdan ziyod tadbirkorlik subyektlariga tezkor, sifatli va shaffof davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Adliya boshqarmasi tomonidan "Davlat xizmatlari markazlari orqali tadbirkorlik subʻektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bo‘yicha uslubiy qoʻllanma" ishlab chiqildi. Matbuot anjumanida mazkur qo'llanma taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan adliya organlari faoliyatini jamoatchilikka keng targ‘ib qilishdagi faol hamkorligi uchun bir guruh jurnalist va blogerlarga adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati