Янгиликлар
26
Alohida e'tiborga muhtoj yoshlar holidan xabar olindi
Mamlakatimizda yoshlar muammolarini bevosita joylarga chiqib «mahallabay» kesimda o‘rganish va ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish bo‘yicha yangicha tizim joriy qilindiki, bu yondashuv yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i S.Tog‘ayev, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ortiqov hamda Yoshlar yetakchisi X.Sheraxanov tomonidan muborak Qurbon hayiti arafasida Guliston shahar “Buyuk kelajak” va “Ulug‘obod” mahallalarida istiqomat qilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj yoshlarning holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.