Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MEHNAT HUQUQLARIMIZNI O'RGANAMIZ


???? Dastlabki sinovdan o'tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo'lishi kerak.  (https://lex.uz/docs/6257288#6260654)Bunday shartlashuv mavjud bo'lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

???? Quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

????homilador, 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar yoki 3 yoshga to'lmagan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy);

????zaxiradagi ish o'rinlariga joylashtirish uchun yuborilgan shaxslar;

????davlat grantlari asosida o'qigan va OTMni tamomlagandan 3 oyda yo'llanma bo'yicha ishga kirayotgan bitiruvchilar;

????o'qishni tamomlagandan 1 yilda birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo'yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan maktab, kollej, texnikum va OTM bitiruvchilari;

????6 oygacha mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

????18 yoshga to'lmagan shaxslar;

????ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo'yicha bekor qilgan bo'lsa, o'sha shaxslar;

????ishlab chiqarishda o'qitish shartnomasi bo'yicha ushbu ish beruvchida o'qishni o'tagan o'quvchilar;

????jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar