Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Konstitutsiyani oʻrganamiz


Konstitusiyamizning 22-moddasi: (https://lex.uz/docs/6445145#6445392) “O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o'rnatiladi.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo'lganlikdan qat'i nazar, hamma uchun tengdir.

Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

Fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi”.

Fuqarolik – shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy-huqukiy aloqasi hisoblanadi. O'zbekistonda esa bu aloqa yagona va uning butun hududida amal qiladi.

Shaxs fuqarolikka ega bo'lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e'tirof etadi, ularning amalga oshishini ta'minlash choralarini ko'radi.

“O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida”gi Qonunga ko'ra, shaxs O'zbekiston fuqaroligiga turli asoslar bilan ega bo'lishi mumkin. Konstitusiyaning mazkur normasida qaysi asos bilan fuqarolikka ega bo'lishdan qat'iy nazar barcha fuqarolar teng ekanligi belgilangan.