Янгиликлар
Konstitutsiyani oʻrganamiz
Konstitusiyamizning 25-moddasida (https://lex.uz/docs/6445145#6445423) “Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir.
O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosi taqiqlanadi”, deb belgilangan.
Yashash huquqi har bir insonning ajralmas va tabiiy huquqi bo'lib, u mamlakatda o'lim jazosini belgilash, tayinlash va ijro etishni qat'iy inkor etadi.
Konstitusiya mazkur moddasida “O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosi taqiqlanadi” degan qat'iy norma mustahkamlanmoqda. Shu tariqa, O'zbekiston ushbu nihoyatda jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligini, insonparvarlik g'oyalariga sodiq ekanligini konstitusiyaviy norma bilan mustahkamlagan.