Янгиликлар
02
#Биласизми
2 iyul – “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun (https://lex.uz/docs/-17260) qabul qilingan kun
Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
O'zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.
Jinoyat kodeksiga (https://lex.uz/docs/-111453#-266598) asosan, O'zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha (8 mln 250 ming so'm) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.