Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Konstitutsiyani oʻrganamiz


Konstitusiyamizning 26-moddasi: (https://lex.uz/docs/6445145#6445428) “Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o'tkazilishi mumkin emas”.

Inson sha'ni – bu insonning boshqa odamlar oldida o'z ahamiyatini anglashi yoki insonning ma'naviy obro'sidir.

Inson qadr-qimmati – bu shaxsning o'zini o'zi hurmat qilishi, jamiyat a'zosi sifatida o'z mavqei va ahamiyatini anglashidir.

Har qanday holatda ham hech bir shaxs qiynoqqa solinishi va boshqa g'ayriinsoniy ta'sirlarga duchor etilishi mumkin emasligini Konstitusiya taqiqlamoqda.

Shunga ko'ra, davlat organlari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'z faoliyatida har qanday holatda ham inson sha'ni, or-nomusi, va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi, kamsitmasligi, aksincha ularga insoniy munosabatda bo'lishlari lozim.