Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Gerbimiz – g‘ururimiz


2-iyul - O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joylarda huquqiy targ'ibot tadbirlari, uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda.


Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo'limida, 2 va 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida    “Gerbimiz – g‘ururimiz” mavzusida davra suhbatlari o'tkazilib, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Ta’kidlanganidek, respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon - sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etadi, Davlatimiz gerbi boshqa ramzlar qatori tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchni ham ifodalaydi.


Tadbirda ramziy belgining ahamiyati, Davlat gerbidan foydalanish tartibi to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.



Sirdaryo viloya adliya boshqarmasi Axborot xizmati