Янгиликлар
04
Yoshlar bilan profilaktik suhbat o'tkazildi
Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalasiga alohida yondashilib, huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida “mahallabay” yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi tadbir “qizil” hudud toifasiga kiritilgan “Davlatobod” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda adliya bo‘limi boshlig‘i Laziz Xudoyqulov va hamkor tashkilotlar mas’ullari tomonidan yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Muloqotda yoshlarning konstitusion huquq va majburiyatlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida keng ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir yoshlar ongiga Vatanga sodiklik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati