Янгиликлар
05
IYUN OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2023-yilning iyun oyida boshqarmaning Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi bosh maslahatchisi Uralov Farrux Qo‘chqor o‘g‘li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Uralov Farrux Qo‘chqor o‘g‘li 2021-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos.
F.Uralov o‘z mehnat faoliyatini 2021-yilda Guliston shahar adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
Farrux Uralov 2022-yildan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida, 2023-yildan buyon Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Adliya boshqarmasi jamoasi Uralov Farrux Qo‘chqor o‘g‘lini ushbu e’tirof bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.