Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya xodimlari «Zakovat»da bellashdi


Intellektual o‘yinlar bugun nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari o‘rtasida ham keng ommalashib, mantiqiy bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu ma'noda «Zakovat» intellektual o‘yini ham aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylanib ulgurdi.

Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Zakovat intellektual klubi" NNT Sirdaryo viloyat "Zakovat" klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir ham xodimlar o'rtasida jamoaviy do'stona muhitni shakllantirish, birdamlikni mustahkamlash, ishdagi unumdorlikni oshirish, eng muhimi xodimlarning mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini ko'zladi.

Bunda Adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari hamda yuridik texnikum o‘qituvchilaridan iborat o'nta jamoa ikki davra o‘yinda o‘zaro kuch sinashdi.

Qizg‘in bellashuv va kuchli raqobat asosida o‘tgan tadbirda ishtiyoq, birdamlik jamoalarni g‘oliblik sari undagan bo‘lsa, tezkorlik, topqirlik, mantiqiy fikrlash kabi jihatlarga ko‘ra ularning ishtiroki baholab borildi.

Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Guliston shahar adliya bo'limining "Adolat" jamoasi egalladi, 2-o‘rinni Adliya boshqarmasining "Yuristlar" jamoasi qo‘lga kiritdi, 1-o‘rin Sirdaryo viloyati yuridik texnikumining "Evrika" jamoasiga nasib etdi.

Gʻolib jamoalarga adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi, bundan tashqari, faol qatnashgan ishtirokchilarga badiiy va yuridik adabiyotlar jamlanmasi tuhfa qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati