Янгиликлар
07
Yangi Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya “Inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga asoslangani, unda barcha aholi toifalarining, hatto jinoyat sodir etgan shaxslar huquq va manfaatlari aks etgani bilan ham ahamiyatlidir. Yana bir muhim jihatlaridan biri bosh qonunda O‘zbekiston – huquqiy davlat sifatida belgilandi. Bunda unda inson huquqlariga oid normalar 3 barobardan ortiqqa oshdi. Sirdaryo viloyat Favqulodda vaziyalar boshqarmasida tashkil etilgan “Ma’rifat soati”da yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.
Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi D.Umurzoqova, Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Xalilov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi. Xususan, o‘lim jazosi taqiqlandi. Bundan tashqari, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga yoki qamoqqa olinishi, ushlab turilishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emasligi, hibsga yoki qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi belgilandi.
Muloqotda Konstitutsiyaga kiritilgan shu kabi o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ushbu normalar mamlakatimizda inson hayoti va qadri yuqori darajada himoya qilinishi uchun mustahkam asos ekanligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, tadbirda saylov qonunchigi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tildi.
Yakunda ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati