Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA


Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni mustahkamlash, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Shirin shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida mazkur qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.Unda Shirin shahar xotin-qizlar bo‘limi, mahalla xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirok etishdi.  

Ta’kidlanganidek, ushbu qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda «gender» tushunchasiga ta’rif berilgan.Unga ko‘ra, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ushbu sohada davlat boshqaruvi mexanizmlari belgilandi.

Muloqotda xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyaning asosiy vazifalari, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, odam savdosi va majburiy mehnat haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, konstitutsiya va xotin-qizlar huquqlari, saylov qonunchiligi bo‘yicha ham keng ma’lumotlar berilib ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati