Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Inklyuziv ta’limni joriy etish – davr talabi


Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli “Nurli maskan” maktab-internatida "Inklyuziv ta’limni joriy etish – davr talabi" mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Tadbirda Adliya boshqarmasi, MMTB mas’ullari, mahalla vakillari, hududlardagi inklyuziv sinflar ochilgan maktablar direktorlari va maxsus maktab-internatlari direktorlari ishtirok etdi.

Seminarni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi Z.Ne’matova boshqarib bordi.

Tadbirda dastlab, Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova so‘zga chiqib, nogironlar huquqlari haqida tushuncha berdi. Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga atroflicha to'xtalib, mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi alohida ta’kidlandi.

Konstitutsiyada ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi belgilandi. Muloqotda inklyuziv ta’lim texnologiyasi, uning ahamiyati va afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida “Nurli maskan” maktab-internati o‘quvchilarining musiqiy dasturlari namoyish qilindi.

Mehmonlar maktab hayoti, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati