Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari samarali himoya qilinadi


Prezident tomonidan 26.04.2023 yildagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-833-son Qonun imzolandi. Hujjat bilan jinoyat ishlarini koʻrishda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xususiy ajrim chiqarish asoslari, shuningdek, kassatsiya shikoyati boʻyicha koʻrilayotgan fuqarolik ishini tugatish uchun asoslar roʻyхati belgilandi.

Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminarda mazkur Qonun mazmun-mohiyati xususida so’z bordi. Unda adliya bo'limi bosh maslahatchisi Sh.Ismoilov qonunchilikdagi yangiliklarni tadbirkorlar e’tiboriga yetkazdi.

Shuningdek, muloqot mabaynida tadbirkorlarning muammolari o'rganilib, ularga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati