Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Islohotlar - inson qadri uchun! @adliyaJune 02, 2023


Yangiyer shahar adliya bo‘limi majlislar zalida “Davlat organlari bilan munosabatlarda Fuqarolar va tadbirkorlar sub’yektlari huquqlarining samarali himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-833-son Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi. Unda tadbirkorlar, keng aholi qatlami ishshtirok etdi.

Qonun bilan taraflarning kelishuv bitimi tuzish huquqi belgilandi. Endilikda taraflar ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to‘liq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin. Adliya bo‘limi boshlig‘i L.Xudoyqulov qonunchilikka kiriilgan shu kabi o‘zgartirish va yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbir davomida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Inson, uning huquq va erkinliklari Konstitutsiya bilan kafolatlanganligi, har bir modda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi ma’ruzada alohida ta’kidlandi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati