Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

"MA'NAVIYAT SOATI" O'TKAZILDI


Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.

Unda boshqarma tarkibiy bo‘linmalari, “Zoom” ilovasi orqali tuman (shahar) adliya bo‘limlari, FHDY, davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari ishtirok etishdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati