Янгиликлар
28
Baxt dehqon bozorida huquqiy targ'ibot o'tkazildi
Sirdaryo tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani Baxt dehqon bozorida tashkil etilgan targ'ibot tadbirida dastlab Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, "O’zbekiston Respublikasining Referendumi to’g’risida" gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shundan so'ng Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori1 mazmun-mohiyati yuzasidan keng ma'lumotlar berildi.
Qarorga ko‘ra, oilaviy dasturlar bo‘yicha kreditlar foizi yillik 14 foizdan oshmaydi. Bunda kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo‘yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi, dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagan kichik tadbirkorlarga o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.
Muloqot mobaynida qarorning shu kabi muhim jihatlariga alohida to'xtalib o'tildi.
Yakunda xodimlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati