Янгиликлар
28
Kuzatuvchilarga tushuncha va tavsiyalar berildi
Avval xabar berganimizdek, barcha tuman va shaharlarda fuqarolar yigʻinlari xodimlari va jamoatchilik tuzilmalari vakillaridan kuzatuvchilari uchun oʻquv seminarlar tashkil etildi.
“Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilarlar qatnashish huquqi borligi belgilangan.
Shu munosabat bilan, viloyatdagi 287 ta referendum uchastkalariga 285 nafar fuqarolar yigʻinlari xodimlari va jamoatchilik tuzilmalari vakillaridan kuzatuvchilar qoʻyildi.
Kuzatuvchilarning 79 nafari mahalla raisi, 20 nafari yoshlar yetakchisi, 68 nafari keksalar boʻyicha maslahatchisi, 118 nafari fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari raislari va aʼzolari hisoblanadi. Shundan 44 nafari ayollar.
Seminar davomida ishtirokchilarga “Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida belgilangan siyosiy partiyalardan, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari belgilanganligi toʻgʻrisida tushunchalar hamda tavsiyalar berildi.