Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Yangilanayotgan Konstitutsiya bilimdoni


Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi va adliya boshqarmasi hamkorligida “Yangilanayotgan Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ichki ishlar boshqarmasi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar hamda referendum tog‘risidagi qonunchilik hujjatlari mazmuni va mohiyati bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Unda 20 ga yaqin xodimlar ishtirok etib, yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha tuzilgan savollarga javob berishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, savollarga aniq, batafsil  va tezkorlik bilan javob bergan 2 nafar xodima g‘olib deb topildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati