Янгиликлар
28
Sayyor qabulda aholi muammolari o'rganildi
Yangiyer shahar adliya boʻlimi tomonidan “Binokor” mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda aholining muammolari oʻrganildi.
Jarayonda jismoniy va yuridik shaxslarning subsidiya, ishga joylashish, tibbiy masalalar, shartnomaviy huquqiy munosabatlarga oid va boshqa muammolar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Jumladan, U.Xaydarovaning subsidiya asosida tikuv mashinasi olish bo'yicha, D.Qoraqulov kredit olish masalasida, A.Yo'ychiyevaning tadbirkorlikni yo'lga qoyish yuzasidan qilgan murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berildi. M.Xusanovaning fermer xo'jaligiga oid hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog'liq murojaati ish yurituvga qabul qilindi.
Sayyor qabulda 15 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan, 10 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi va ularga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, oʻrganish muddat talab qiladigan 5 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
Shu bilan birga, tadbirda konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyati, Loyihada nazarda tutilgan o‘zgartirishlar haqida ham fuqarolarga ma’lumotlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati