Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

"Inson-jamiyat-davlat” g‘oyasi asos


Sardoba tuman Adliya bo'limi tomonidan 5-sonli umumta’lim maktabida "Paxtakor" va "Birlashgan" MFY fuqarolari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiya bugun xalqimiz diqqat e’tiborida. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan normalarning yarmidan ko‘pi insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish va mexanizmlarini mustahkamlash maqsadi mujassam.


Tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyaning aholi farorvonligi hamda yurt taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarning referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligi oshirildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati