Янгиликлар
27
XALQ KONSTITUTSIYASI
Yangilanayotgan Konstitutsiya adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingan. Eng muhimi, bunda xalqimiz takliflari inobatga olindi. Ana shu ma’noda, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi sifatida e'tirof etilmoqda.
Ayni kunlarda Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan joylarda tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Navbatdagi tadbir tuman soliq inspeksiyasida bo'lib o'tdi. Unda adliya bo'limi boshlig'i Sh. Iskanov ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Muloqot mobaynida konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma'lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.