Янгиликлар
27
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bo‘yicha referendumga sanoqli kunlar qoldi. Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan moddalar va normalar, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi. “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki, Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda adliya bo‘limi boshlig‘i I.Yunusov, O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari D.Abdusattorova hamda Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputati Sh.Nazarovlar ishtirok etib “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining mazmun-mohiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Muloqotda yangi tahrirdagi Konstitutsiyada aholi, shu jumladan, yosh avlod vakillarining fikr-mulohazalari, xohish-irodasi ifoda etganligi, yangilanayotgan Bosh qomusimiz tom ma’noda, inson qadrini ulug‘laydigan, mamlakat rivojiga xizmat qiladigan muhim asosiy hujjat bo‘lishi e’tirof etildi.
Yakunda ishtirokchilar konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati