Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Konstitutsiyaviy islohotlar inson qadri uchun


Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanmoqda.

Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda rag‘batlantirishi qayd qilinmoqda.


Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan "Oqoltin Mega Tekistil'' MCHJda tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadiga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani konstitutsiyaviy mustahkamlanayapti.


Ushbu normalarning amal qilishi kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshirishda muhim omil bo‘ladi.

Tadbirda yangilanayotgan Konstitusiyaning mazmun-mohiyati, referendum qonunchiligi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni konstitusiyaviy islohotlar bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarnasi Axborot xizmati