Янгиликлар
14
“Qizil” hudud toifasiga kiritilgan mahallalarda targ'ibot
Oqoltin tumanidagi “Alisher Navoiy” mahallasi jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha “qizil” hudud toifasiga kiritilgan.
Tuman adliya bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan mazkur mahallada tashkil qilingan tadbirda aholini qiynayotgan muammolarni manzilli hal etish, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki jamoatchilikning dolzarb vazifasi ekanligi, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida konstitusiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, inson huquqlarini himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga olayotgan qator yangi majburiyatlar haqida keng ma’lumotlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati