Янгиликлар
20
Qonunchilik yoshlar nigohida
Qonunchilik yoshlar nigohida
OʻzXDP Sirdaryo viloyati Kengashida "Qonunchilik yoshlar nigohida" loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Unda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi masʼul xodimi D.Umurzoqova, Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Xalilov, Yoshlar agentligi masʼul xodimi Oʻ.Pardayev, mahalla yoshlar yetakchisi D.Sarimov va bir guruh yoshlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida konstitutsiyaviy islohotlar va regferendum qonunchiligi haqida keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek tadbirda yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Qizg‘in va munozaraga boy ushbu tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati