Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR INSON MANFAATLARI UCHUN


Ma’lumki, 2022 yilda ikkita yetakchi siyosiy partiya – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari tomonidan mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha muhim tashabbus ilgari surilgan edi.


Bugun ushbu tashabbusning amaliy ifodasi sifatida Yangi O‘zbekistonning huquqiy poydevori yaratildi, yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi. Aytish mumkinki, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.


Xovos tuman adliya bo‘limi va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamkorligida 1-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyati hamda rerendum qonunchiligi haqida so‘z bordi.


Tadbirda konstitutsiyaviy islohotlardan ko‘zlangan maqsad, Loyihada nazarda tutilgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yakunda ishtirokchilar Konstitutsiyaviy islohotlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati