Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Mehnat munosabatlarida qonuniylik ta'minlanmoqda


Yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional xizmat ko‘rsatish Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.

Markazlar tomonidan 20 ta davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi bilan birga, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar ham to‘liq qamrab olindi.  

Aytish joizki, bugungi kunda viloyatda yuridik xizmat ko‘rsatish sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi. Tashkilotlar bilan hujjatlar almashinuvi - “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilib, faoliyatda qonuniylik ta’minlanmoqda.


Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Guliston shahar Xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumtalim maktablarining Kadrlar bo'yicha menejerlari ishtirokida o'tkazilgan huquqiy targ'ibot tadbirida dastlab "E-huquqshunos" elekton tizimi bilan ishlash masalalari tahlil qilindi.

“E-huquqshunos” elektron tizimi yuridik xizmat ko‘rsatishda zamonaviy qulaylik. Ayniqsa, hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi natijasida turli shakldagi qonunbuzilishlarning oldi olinib, mehnat munosabatlarida qonuniylik ta’minlanadi.

Tadbir  davomida «E-huquqshunos» elektron tizimi bilan ishlash, hujjat matnini tizimga kiritish, tahrir qilish, yangilash, ilovalarni biriktirish va xulosa berish uchun markazlarga yuborish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati hamda vorislik huquqi haqida tushuntirishlar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati