Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati


Korrupsiya muammosi bugungi kunda dunyo miqyosida o‘z yechimini talab etayotgan birinchi masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ham jahon hamjamiyati bu illatga qarshi keskin kurashmoqda. Ushbu yo‘nalishda qator qonunchilik hujjatlari ham qabul qilingan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy targ‘ibotning ahamiyati katta. Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Guliston shahar ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan tadbir “Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati” deb nomlandi.

Tadbirda Guliston shahar adliya bo‘limi mas’ul xodimi Jamshid Boirov ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muloqotda poraxo‘rlik, korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytirishi ta’kidlandi.

Tadbirda Guliston shahar IIB xizmat boʻlimi va boʻlinma boshliqlari hamda shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etishdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati