Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

So'ragan edingiz...


Savol: 1-guruh nogironiman, qo‘limda barmoqlarim yo‘qligi uchun imzo qo‘ya olmayman. Qarz olmoqchi edim, qarz bermoqchi bo‘lgan tanishim yozma shartnoma tuzgan holda bermoqchi. Barmoqlarim yo‘qligi uchun bu shartnomani qanday imzolayman, qonunchilikda buning yechimi bormi?

                                                                                                                                      Sh.Karimov, Mirzaobod tumani


Javob: Ayrim holatlarda kishilar jismoniy jihatdan nuqsonlari yoki boshqa sabablar bilan o‘z xohish va irodalarini sizdagi holatdagi kabi yozma ravishda ifoda etishlarida muammolarga duch kelishi ham mumkin.
Fuqarolik kodeksining 107-moddasiga ko‘ra sizning iltimosingiz bilan bitimni boshqa fuqaro imzolashiga yo‘l qo‘yiladi. Buning uchun boshqa fuqaroning imzosi notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan guvohlantirilib, bitim tuzuvchi sizni shaxsan o‘zingiz imzolay olmasligining sabablarini ko‘rsatishi shart bo‘ladi.
Shuningdek, “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning (Adliya vazirining 2019 yil 4 yanvardagi 3113 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 8-bandiga ko‘ra:
agar kishilarning jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, ushbu bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolaydi hamda bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi kerak bo‘ladi.
Bunday hollarda mazkur notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida audio va videoyozuv vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Savolga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi boshlig'i Akbar Ahrorov javob berdi