Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Shartnomaga amal qilmagan unitar korxona ham asosiy qarz, ham penya, ham davlat boji to‘ladi


“Sumayya hamkor servis” QMJ bilan Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida avtomobil transportida xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma tuzilgan edi.
Shartnomaga asosan “Sumayya hamkor servis” QMJ unga tashishlar uchun topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish majburiyatini oladi, Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi esa yukni tashish uchun kelishilgan narxlarda to‘lovni amalga oshirishi lozim edi.
Jamiyat tomonidan shartnomaga muvofiq, 184 725 985,25 so‘m miqdoridagi yuklar yetkazib berilib, texnika xizmatlari ko‘rsatilgan. Biroq, Sirdaryo ko‘priklardan  foydalanish unitar korxonasi tomonidan yuklarni tashib berish xizmati uchun belgilangan haq to‘liq to‘lab berilmagan.
“Sumayya hamkor servis” QMJ rahbari N.Isokjonovning ushbu holatdan norozi bo‘lib Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganish davomida Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnoma shartlari buzilganligi, bajarilgan ish uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilmaganligi, natijada 35 893 853,47 so‘m qarzdorlik yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan nizolarni muzokara yo‘li bilan hal qilib bo‘lmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinishi nazarda tutilgan.
Shunga ko‘ra, N.Isokjonov tomonidan Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasiga bir necha marotaba qarzdorlikni to‘lashni so‘rab qilgan og‘zaki va yozma murojaatlariga korxona tomonidan javob berilmagan.
Shartnomaga asosan bajarilgan ishlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,2 foizi miqdorida, ammo kechirtirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘lashi shartligi belgilangan.
“Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga asosan yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi.
Yuqorida qayd etilganlarga asosan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Sumayya hamkor servis” QMJ manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.
To‘plangan hujjatlar asosida ish xolisona ko‘rib chiqilib, sudning adolatli qarori qabul qilindi.
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan “Sumayya hamkor servis” QMJ foydasiga 35 893 853,47 so‘m asosiy qarz, 4 000 000 so‘m penya undiriladigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, 1 076 815,61 so‘m davlat boji to‘lanishi ham belgilandi.

Jahongir Shamirzayev,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi boshlig'i