Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Oila mustahkamligi – jamiyat ravnaqi


Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida Guliston shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan oilalar mustahkamligini ta’minlash maqsadida “Oilalar mustahkamligi – jamiyat ravnaqi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Tojiboyeva, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik J.Hatamov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudi sud’yasi K.Namozov, Guliston shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Payziyeva, Guliston shahar FHDY bo‘limi mudirasi G.Rasulova ishtirok etib, mamlakatimizda oila mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yoshlarni oilaga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, tadbirda ayrim oilalarning arzimagan sabablar yuzasidan barbod bo‘layotgani, norasida bolalarning yetim bo‘lib qolishiga olib kelayotgani ham qayd etilib, barcha korxona va tashkilotlarda ham xodimlarning oilaviy sharoitini o‘rganish, dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazishlariga zamin yaratish orqali oila mustahkamligini ta’minlashga hissa qo‘shishi bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi