Янгиликлар
23
Korrupsiya - jamiyat va davlatni rivojlanishiga to‘siq
Korrupsiya - jamiyat va davlatni rivojlanishiga to‘siq
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir deb belgilangan.
Mazkur illat oqibatida jamiyat taraqqiyoti uchun eng muhim omil tinchlik, osoyishtalik, adolat, qonun ustuvorligi kabi ijtimoiy-huquqiy qadriyatlarning buzilishiga olib keladi va keng jamoatchilikda ularning mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchni so‘ndiradi, jamiyatda nosog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitning shakllanishiga sabab bo‘lib, demokratik davlatning eng muhim huquqiy prinsiplarining buzilishiga olib keladi.
Sirdaryo viloyat Statistika boshqarmasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida mavzu muhokamalar markazida bo'ldi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Axrorov korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida keng ma'lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmoni va «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–447-son qarori mazmun-mohiyati haqida atroflicha to'xtalib o'tildi.
Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi