Янгиликлар
20
Diqqat e’lon! Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda soliq boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar oyida aholi va tadbirkorlarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
#Adliya_xabari
Diqqat e’lon!
Aziz sirdaryoliklar!
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda soliq boshqarmasi tomonidan imzolangan hamkorlik rejasiga muvofiq joriy yilning yanvar oyida aholi va tadbirkorlarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
⛩Sayyor xizmatlar quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
1. Sayxunobod tumani va dehqon bozori hududlari 20-yanvar 09:00-17:00
2 Mirzaobod tumani mashina bozori va hududlari 21-yanvar 09:00-13:00
3. Sirdaryo tuman bozorlari va hududlari 23-yanvar 10:00-17:00
4. Boyovut tuman dehqon bozori va hududlari 24-yanvar 09:00-17:00
5. Shirin shahar dehqon bozori va hududlari 24-yanvar 09:00-13:00
6. Yangiyer shahar dehqon bozori va hududlari 25-yanvar 09:00-17:00
7. Sardoba tuman dehqon bozori va hududlari 26-yanvar 09:00-13:00
8. Oqoltin tuman dehqon bozori va hududlari 26-yanvar 15:00-17:30
Sayyor xizmatlar davomida:
- elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;
- fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish;
- tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- jismoniy shaxslarning soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.
- fuqaroni Mobil-ID tizimida ro'yxatdan o'tkazish;
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ariza olish va joylashtirish uchun yo‘llanmalar berish hamda boshqa turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
Aziz fuqarolar, qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Sayyor xizmat- tayyor xizmat!
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi