Янгиликлар
30
Adliya faxriylari e'zozlandi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan bayramlar va alohida sanalar oldidan tizimda koʻp yillar mehnat qilgan, soha istiqboli uchun fidokorona xizmat qilgan faxriy ustozlar holidan xabar olish ezgu anʼanaga aylangan.Yangi yil ayyomi arafasida bu kabi xayrli tashabbuslar yanada boʻy koʻrsatdi.
Mirzaobod tuman adliya boʻlimi xodimlari Dilbar Nabiyevani yoʻqlab kelishdi. 1983-yildan FHDY sohasida oʻz mehnat faoliyatini boshlagan Dilbar opa eʼtibor va eʼzozdan mamnun boʻldi.
Yangiyer Adliya bòlimi xodimlari adliya faxriysi, FHDY sohasida samarali mehnat qilgan fidoyi ustoz Rashida Saliyevani yòqlab kelishdi.
Oqoltin tuman adliya boʻlimi xodimlari faxriy ustoz, uzoq yillar tuman FHDY boʻlimi mudirasi lavozimida ishlagan Gulandom Yodgorova xonadoniga tashrif buyurib bayram bilan muborakbod etishdi.
Guliston tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan FHDY boʻlimida koʻp yillar faoliyat koʻrsatgan faxriy ustoz Adolat Atabekova holidan xabar olinib, bayram sovgʻalari topshirildi.
Boyovut tuman adliya boʻlimi xodimlari bayram bahona Adliya sohasida koʻp yillar turli lavozimlarda mehnat qilgan fidoyi ustoz Mavlitdin Abduraxmanov xonadonida boʻlishdi.
Sirdaryo tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani 1-son FHDY boʻlimida koʻp yillar faoliyat koʻrsatgan faxriy ustoz Manzura Akramovaga hurmat-ehtirom koʻrsatildi.
Shirin shahar adliya boʻlimi xodimlari tomonidan shahar notarial idorasida koʻp yillar faoliyat koʻrsatgan faxriy ustoz Ravshanoy Razokova holidan xabar olinib, bir piyola choy ustida shirin suhbat qurildi.
Bayram arafasidagi ushbu tashriflar faxriy ustozlarga bir olam quvonch bagʻishladi. Diydor bahona shirin suhbatlar qurilib, xotiralar jonlandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi