Янгиликлар
29
Tanlagan kasbim - mening baxtim
Har kim kasbi orqali halol rizq topsa, hayotdan rozi bo‘lib yashasa, mehnat qilib charchamaydi, balki g‘ayrati jo‘shadi, rohatlanadi. Ayniqsa, kasbi tufayli atrofdagilarga yordami tegsa, inson o‘zini baxtli hisoblaydi. Mastura Eminova ana shunday saodatli, ana shunday baxtli insonlardan biridir.
Mastura opa Adliya tizimida mehnat faoliyatini boshlaganida endigina 22 yoshni qarshilagan edi. Yosh huquqshunos uchun notariat sirlarini o‘rganish qiyin kechmadi. Chunki bu sohaga qiziqishi baland, mehr-muhabbati o‘zgacha edi.
Mastura Eminova davlat notariusi sifatida salkam 40 yil adliya tizimida faoliyat yuritdi, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi.
Mehnat qilgan elda aziz, deyishadi. Adliya faxriysining ko‘p yillik samarali mehnatlari doimo e’tiborda. Shu bois bayramlar, muhim sanalar arafasida tizim rahbariyati va xodimlari ustozni yo‘qlab kelishadi, holidan xabar olishadi.
Bu galgi tashrifda tibbiyot xodimlari ham jalb qilindi. Faxriy ustozning salomatligi nazoratdan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
Mastura opa e'tibor va g'amxo'rlikdan mamnun. Zotan, adliya faxriylarni e'zozlaydi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi