Янгиликлар
26
Adliya faxriylari e’zozda
Insonparvarlikning o‘ziga xos ifodasi bo‘lgan mehr va e’tibor insonni yuksaltiradi. Mana bir necha yildirki, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan bayramlar va alohida sanalar oldidan tizimda ko‘p yillar mehnat qilgan, soha istiqboli uchun bor bilim va salohiyatini ayamay xizmat qilgan faxriy ustozlar holidan xabar olish an’anaga aylangan.
Tobora yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami ham ana shu ezgu maqsad yo‘lidagi xayrli ishlarni davom ettirish uchun asos bo‘ldi.
Xovos tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Xovos tumani 2-son FHDY bo‘limida ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan faxriy ustoz Maxfirat Primqulova holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tashrif keksalik gashtini surayotgan Maxfirat opaga bir olam quvonch bag‘ishladi. Uchrashuv bahona adliya faxriysi o‘z bilim, ko‘nikma va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi