Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Murojaatnoma mazmun-mohiyati qizg'in o'rganilmoqda


Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X.Sulaymanbekova ishtirok etib, Murojaatnomada nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, ixcham va samarali davlat boshqaruvi, Yangi O’zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, ekologiya, ayniqsa, suv masalalari muammolarni hal qilishga qaratilgan vazifalarga alohida urg‘u berildi.
Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyamizda tabiiy resurslar, jumladan, suv havzalari va yer osti zaxiralarini muhofaza qilish bo‘yicha talablari kuchaytiriladi.
Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini jadallashtirish kelgusi yilda ham davom etadi.
Tadbirda sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy sarmoyani jalb qilishgi mavjud muammolar yo‘nalishida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi