Янгиликлар
26
"Hokimlik soati" - huquqiy savodxonlik soati
Boyovut tuman hokimligida o‘tkazilgan “Hokimlik soati”da hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinishi bilan bir qatorda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Otabek Xolmatov tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Muloqotda xorijda ishlashning qonuniy asoslari, odam savdosi jinoyatining ayanchli oqibatlari haqida so‘z yuritilib, aynan qonunlarni bilmaslik insonni odam savdosi qurboniga aylanishiga sabab bo‘lishi haqida faktlar keltirildi.
▶️ Kanalga ulanish:????https://t.me/huquqiytargibot