Янгиликлар
26
Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy targ'ibotning ahamiyati katta
Korrupsiya – taraqqiyotga g‘ov. Guliston shahar IIB da tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi. Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Akbar Ahrorov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiya mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.
Tadbir davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirilib, ayrim fuqarolar o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilmasliklari tufayli ta’magirlik, poraxo‘rlik, korrupsiya holatlari yuzaga kelayotgani, bu borada soha xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Chindan ham, aholi hamda davlat tashkiloti xodimlariga har tomonlama qulay sharoit yaratib berilmoqda. Ularning korrupsiyaga qarshi immunitetini oshirish uchun targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Tadbir davomida ushbu yo'nalishdagi hamkorlikni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi