Янгиликлар
26
Sirdaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni 15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 274-sonli buyrug‘iga asosan:
Sardoba tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius O.Rahimovga tegishli bo‘lgan SI № 0015-sonli litsenziyaning amal qilishi 15 kun muddatga;
Sirdaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar B.Islamovaga tegishli SI № 0003-sonli hamda Z.Kazakovga tegishli SI № 0021-sonli litsenziyalar amal qilishi nomuayyan muddatga to‘xtatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi