Янгиликлар
23
Prezident Murojaatnomasi yangi yil, yangi marralar, yangi rejalar uchun asos
Ma’lumki Prezidentimiz tomonidan har yili an’naviy ravishda O‘zbekiston xalqiga murojaatnoma yo‘llanib, yil sarhisob qilinadi, yangi yil uchun yangi marralar, vatan ravnaqi uchun yangi rejalar belgilab olinadi.
Davlatimiz rahbarining bu yilgi Murojaatnomasida ham mamlakat istiqboli, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar, taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi xalqimiz tomonidan qizg‘in o‘rganilmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’rifat soati”da Murojaatnoma mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.
Darhaqiqat, O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Qolaversa, ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu ma’noda 2023-yilning mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi ham islohotlarning uzviy davomidir.
Tadbirda yurt taraqqiyotining mezoni - 2023 yildagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish, ta'lim tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, odil sudlov sifatini oshirish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan Murojaatnomada ilgari surilgan g'oya va tashabbuslar haqida batafsil so'z yurildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi