Янгиликлар
23
Sayyor qabulda sayyor xizmatlar ko‘rsatildi
Odamlarni rozi qilish bugun davlatimiz siyosatining bosh maqsadi. Xalqimizni o‘ylantirib kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topib, yurtdoshlarimizning og‘irini yengil qilishda sayyor qabullarning ahamiyati katta.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Bobur Nazarov tomonidan Boyovut tumani Muqimiy mahallasida tashkil qilingan sayyor qabul yechimini kutib turgan muammo va masalalarni ijobiy hal etilishiga xizmat qildi.
Qabul jarayonida 20 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi.
Xususan, X. Almatovning tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi, Z.Kabilovaning soliq qonunchiligiga oid S.Isroilovaning yer uchastkasiga nisbatan egalik huquqiga doir murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda 12 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 10 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 3 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
Shuningdek, aholiga elektron raqamli imzo kalitini olish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish, sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun navbatga turish kabi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi