Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Oila - muqaddas qo'rg'on


Inson oila deb atalmish muqaddas dargohda dunyoga keladi, voyaga yetadi, kamol topadi.
Oila mustahkam, tinch bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘ladi. Unib o‘sayotgan farzandlar har tomonlama barkamol bo‘lishiga imkon yaratiladi.
Mirzaobod tumani adliya bo‘limi hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Dehqonobod mahallasida tashkil qilingan targ‘ibot tadbiri oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirish mavzusiga qaratildi.
Tadbirda xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan kafolat va imtiyozlar, shuningdek, oilaning mustahkam bo‘lishida qaynona va kelin munosabatlarining o‘rni xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savollari tinglandi, ularga moddiy yordam, bolalar nafaqasi, pensiya olish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi